date

“Arsenal”ning mag‘lubiyati "Manchester Siti" uchun intrigani kuchaytirdi

“Arsenal”ning mag‘lubiyati "Manchester Siti" uchun intrigani kuchaytirdi

Angliya Premyer-ligasining 32-turida turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turgan “Arsenal” o‘z maydonida “Bornmut”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, muhim ochkolarni boy berdi. Bu natija chempionlik poygasidagi vaziyatni yana-da qizdirib, “Manchester Siti” uchun imkoniyat eshigini ochdi.

Endilikda Xosep Gvardiola jamoasi Londonda “Chelsi”ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonsa, ochkolar orasidagi farq sezilarli darajada qisqarishi mumkin. Shu bois ushbu tur natijasi butun chempionat intrigaciga kuchli taʼsir o‘tkazmoqda.

“Arsenal” afsonasi Pol Merson esa “Chelsi” o‘z maydonida “Manchester Siti”ga qarshilik ko‘rsatib, “kanonirlar”ga bilvosita yordam berishiga umid bildirdi.

— Balki “Arsenal” futbolchilarining o‘ziga bo‘lgan ishonchi biroz sinib qolgandir. Hozir vaziyat shundayki, agar “Manchester Siti” barcha o‘yinlarini yutsa, ular ochkolar bo‘yicha tenglashib olishi mumkin. Ustunlikni oshirish uchun ularda yana ikki uchrashuvdan iborat imkoniyat ham bor.

Shuning uchun ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi gap-so‘zlarga eʼtibor bermaslik kerak, chunki hamma “inqiroz” haqida yozishni boshlaydi.

Juda yomon natija bo‘ldi. O‘yin ham qoniqarli emas, energiya yetishmadi, “Bornmut”ga bosim o‘tkazish istagi ham sezilmadi. Bu yoqimsiz kecha bo‘ldi.

Endi umid nimada? Menimcha, “Siti” yakshanba kuni “Chelsi”ni mag‘lub eta olmasligi mumkin, — dedi Merson Sky Sports efirida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Arsenal”ning mag‘lubiyati "Manchester Siti" uchun intrigani kuchaytirdi