date

Xitoy Eronga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishi mumkinligi aytildi

Xitoy Eronga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishi mumkinligi aytildi

AQSh razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy yaqin haftalarda Eronga yangi avlod havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters agentligi razvedka hisobotlari bilan tanish bo‘lgan uch manbaga tayanib xabar berdi.

Manbalarning bildirishicha, Pekin qurol-yarog‘larning kelib chiqishini yashirish maqsadida ko‘chma zenit-raketa komplekslarini uchinchi davlatlar orqali yuborishi ehtimoldan xoli emas. Shu bilan birga, AQSh Davlat departamenti, Oq uy hamda Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi hozircha bu xabarlarga rasmiy munosabat bildirmagan.

Shuningdek, Tramp va Pokiston rasmiylari Xitoy Eronni o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha dastlabki kelishuvga undashda yordam berganini tasdiqlagan. Biroq Pekin o‘zini diplomatik kafil sifatida majburiyat olishdan tiyilmoqda. Xitoy elchixonasi vakili esa Pekin “mas’uliyatli yirik davlat sifatida keskinlikni yumshatish va barqarorlikni ta’minlashda konstruktiv rol o‘ynashda davom etadi”, deya bayonot bergan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy Eronga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishi mumkinligi aytildi