Islomobodda AQSH va Eron muzokaralari boshlanmoqda: muhim bosqich

Yaqin soatlarda AQSH va Eron o‘rtasida muhim muzokaralar start olishi kutilmoqda. Ma’lum qilinishicha, uchrashuvlar Islomobod shahrida Toshkent vaqti bilan soat 17:00 dan keyin boshlanadi. Bu haqida Al Hadath xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, tomonlar muzokaralarni ikki formatda — bevosita va vositachilik orqali olib borishni rejalashtirmoqda. Xususan, dastlabki bosqichda kelishuv kun tartibi Pokiston vakillari orqali muvofiqlashtirilishi mumkin.
Shundan so‘ng, AQSH va Eron delegatsiyalari to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotga o‘tishi kutilmoqda. Bu esa uzoq vaqtdan buyon keskin bo‘lib kelayotgan munosabatlarda muayyan yumshash alomatlarini anglatishi mumkin.
Ekspertlar fikricha, mazkur muzokaralar ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyatlarni kamaytirish, ayniqsa xavfsizlik va yadroviy dastur masalalarida o‘zaro tushunishga erishishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!