Qarshi va Ulug‘norda noqonuniy dori savdosi fosh etildi

1 daqiqa o'qish150
Qarshi va Ulug‘norda noqonuniy dori savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qonun talablariga zid ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro Z.Q. qo‘lga olindi.

Tekshiruv va kuzatuv ishlari davomida u 29 dona kapsula hamda 60 dona “Gabaten” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini fuqaroga 500 AQSH dollari evaziga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangani maʼlum bo‘ldi.

Shu kabi navbatdagi holat Departamentning Ulug‘nor tuman bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi. Unda fuqaro J.A. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan 4 dona “Regapen” hamda 1 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 670 ming so‘mga sotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Ushbu dori vositalari ham ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tegishli idoralar tomonidan qonunga xilof dori aylanmasiga qarshi kurash qatʼiy davom ettirilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?