date

Mojtaba Xomanaiy otasi uchun qasos olishga qat’iy va’da berdi

Mojtaba Xomanaiy otasi uchun qasos olishga qat’iy va’da berdi

Eron oliy rahnamosi Mojtaba Xomanaiy xalqqa qilgan murojaatida mamlakat AQSH va Isroil bilan davom etayotgan mojaroda g‘alaba qozonganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Eron hozirgi kunda “uchinchi muqaddas mudofaa” bosqichida muvaffaqiyatga erishgan.

“Bugungi vaziyatgacha siz bu epik kurashda g‘alaba qildingiz, deb bemalol aytish mumkin”, — dedi u.


Xomanaiy Eron urush istamasligini, biroq o‘z huquqlaridan voz kechmasligini bildirdi. U Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazorat saqlanishini va bu strategik yo‘nalishda siyosat kuchaytirilishini ta’kidladi.

“Hormuz bo‘g‘ozini boshqarish yangi bosqichga ko‘tariladi”, — dedi u.

Shu bilan birga, u AQSH va Isroil tomonidan yetkazilgan zararlar uchun to‘liq tovon talab qilinishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, har bir to‘kilgan qon va yetkazilgan talafot javobsiz qolmaydi.

Mojtaba Xomanaiy, shuningdek, otasi — Eronning sobiq oliy rahnamosi va boshqa halok bo‘lganlar uchun qasos olish niyati qat’iy ekanini bildirdi. U Fors ko‘rfazi davlatlariga murojaat qilib, qo‘shnilarni ehtiyotkor bo‘lishga va tashqi ta’sirlarga aldanmaslikka chaqirdi.

Ayni vaqtda AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini aytgan, biroq muzokaralar muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, jiddiy oqibatlar bo‘lishi haqida ogohlantirgan.

Manbalarga ko‘ra, ushbu kelishuv jarayonida Mojtaba Xomanaiyning roli muhim bo‘lgan va aynan uning roziligi bilan vaqtinchalik tanaffus amalga oshirilgan.

Shu bilan birga, Isroil sulhdan keyin Livanning Bayrut shahriga havo zarbalari bergani, yuzlab insonlar halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Isroil bu hujumlarni “Hizbulloh”ga qarshi amalga oshirilganini bildirgan.

Hodisalardan so‘ng Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakatini cheklab qo‘ydi va faqat Tehron ruxsat bergan kemalarga o‘tishga izn berilmoqda. Eron parlamenti esa sulh shartlarining bir qismi buzilganini ta’kidlab, vaziyat yanada keskinlashganini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Mojtaba Xomanaiy otasi uchun qasos olishga qat’iy va’da berdi