date

U o‘z bilganini qiladi” — Asal Shodiyeva erini tanqid qildimi? (video)

U o‘z bilganini qiladi” — Asal Shodiyeva erini tanqid qildimi? (video)

Asal Shodiyeva “IntervyuTV” ko‘rsatuvida turmush o‘rtog‘i Shohruhxon bilan bo‘lgan munosabatlari haqida samimiy fikr bildirdi.

Boshlovchining “Shohruhxonning kiyinish uslubida sizning qanchalik o‘rningiz bor?” degan savoliga aktrisa shunday javob berdi:

“Ular imij masalasida menga unchalik ishonmaydi. O‘zlariga yoqqan narsani kiyadi. Men salbiy fikr bildirsam ham, ‘menga shu yoqyapti’, deb o‘z fikrlarida qoladi. 10 yildan beri turmush o‘rtog‘imni tanisam — har doim o‘ziga yoqqan va to‘g‘ri deb bilgan ishni qiladi. Ularning shaxsiy hududiga hech qachon aralashmayman. Chunki ular ijodkor inson, o‘zlari yaxshi biladi. Qaysi narsa o‘zlariga qulay bo‘lsa, o‘shani qilsin, deyman.”

Shundan so‘ng boshlovchi aktrisaning ijodiga turmush o‘rtog‘i qanchalik aralashishi haqida ham so‘radi. Bu savolga javoban Asal Shodiyeva:

“Albatta, aralashadi. Hatto ko‘p nazorat qiladi. Men esa buni xohlayman. Chunki ularning fikrlari ko‘pincha juda to‘g‘ri va foydali bo‘ladi”, — deya suhbatni yakunladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » U o‘z bilganini qiladi” — Asal Shodiyeva erini tanqid qildimi? (video)