Foto:«RIA Novosti»
AQSh prezidenti Donald Tramp Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida o‘zining Shimoliy Koreya lideri Kim Chen In bilan bo‘lajak uchrashuvi haqida suhbatlshdi, deb yozadi Xabar nashri.
AQSh rahbari o‘zining «Twitter»dagi sahifasida suhbatning mavzusi yaqin kunlarda bo‘lishi kutilayotgan sammitning joyi va vaqti haqida bo‘lgan.
«Hozirgina Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan gaplashdim. Hammasi yaxshi ketmoqda. Shimoliy Koreya bilan o‘tadigan sammit kuni aniqlanmoqda. Shuningdek, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan ham suhbatlashdim, uni bo‘lajak uchrashuv haqida boxabar qildim», deya yozadi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya shu yilning 21 aprelidan boshlab o‘zining yadro sinovlarini to‘xtatganini va yadroviy poligonining faoliyatini tugatganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, 27-aprel kuni ikki Koreya rahbarlari o‘rtasida ham tarixiy uchrashuv bo‘lganligi haqida saytimizda xabar bergan edik. Galdagi uchrashuv may oyining oxiri, yoki iyun oyi boshlarida AQSh prezidenti Donald Tramp hamda KXDR lideri Kim Chen In o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Agarda, Shimoliy Koreya o‘zining yadroviy dasturidan butunlay voz kechsa, bu Donald Tramp ma’muriyatining katta yutug‘i bo‘lishi mumkin. Chunki hali birorta AQSh prezidenti Shimoliy Koreya muammosini hal qilishga bu qadar yaqin kelmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Nazarboyevning kuyovi Londondagi qasrini 43,4 mln dollarga sotdi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin