14:24 / 08.05.2018
5 060

Pokistonlik yigit yangi rekord o‘rnatdi

Pokistonlik yigit yangi rekord o‘rnatdi
Pokistonlik sportchi Rashid Nasim jami 51 ta tarvuzni 60 soniya ichida boshi bilan yorib jahon rekordini yangiladi. Bunga qadar rekordchi sifatida germaniyalik Tafzi Ahmad hisoblanardi. U 2011 yili boshi bilan 43 ta tarvuzni yora olgan.

Bundan tashqari, Rashid Nasim kafti yordamida yana 60 soniya ichida 281 ta yong‘oqni chaqa oldi. Bu ham alohida rekord sifatida e’tirof etildi. Hindistonlik Prabxakar Reddi esa kafti bilan jami 251 ta yong‘oq chaqib ikkinchi o‘ringa egalik qildi.

— Jahon rekordini o‘rnatish uchun juda ko‘p va uzoq vaqt shug‘ullanish kerak, — dedi pokistonlik sportchi Rashid Nasim. — Qolaversa, bu ishni amalga oshirish uchun moliyaviy ko‘mak ham juda zarur bo‘ladi…

Rashid Nasim 2017 yili boshi bilan 60 soniyada 43 ta yashil kokosni yora bilgan. Uning orzusi jahon rekordlari sonini 50 taga yetkazishdan iborat ekan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokistonlik yigit yangi rekord o‘rnatdi