Afrika kubogi. Kamerun JARni mag‘lub etib, chorakfinalga yo‘llanma oldi

Afrika Millatlar kubogida 1/8 final o‘yinlari qizg‘in ketyapti: Kamerun JARga qarshi 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, chorakfinalga chiqqan 4-jamoaga aylandi. Kamerun o‘yinni bosim ostida boshlasa-da, sekin-asta nazoratni qo‘lga oldi va eng kerakli paytda gol urdi.
Hisob 34-daqiqada Junior Chamadyuning aniq zarbasi bilan ochildi. Ikkinchi bo‘lim boshida, 47-daqiqada Kristian Kofane farqni ikkitaga chiqarib qo‘ydi. JAR esa o‘yin oxirida, 88-daqiqada Evidens Makgopa goli bilan intrigani “tiriltirdi”, ammo Kamerun oxirgi daqiqalarda bosimga bardosh berib, g‘alabani ushlab qoldi.
Endilikda “sherlar” chorakfinalda turnir mezboni Marokashga qarshi maydonga tushadi. Marokash ham 1/8 finalda Tanzaniyani 1:0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqqan. Qisqasi, Kamerun uchun endi “oson rejim” yo‘q — keyingi o‘yin to‘liq stress-test.
Qisqa ma’lumot:
Afrika Millatlar kubogi, 1/8 final
JAR – Kamerun 1:2
Gollar: Makgopa 88 — Chamadyu 34, Kofane 47
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!