Real derbida hujum chizig'ini Garciya boshlab berishi kutilmoqda

8-yanvar, payshanba kuni Madridning “Real” va “Atletiko” jamoalari Ispaniya Superkubogi yarim finalida to'qnash keladi. Kilian Mbappe jarohatidan to'liq tiklanib ulgurmasligi mumkin, shu bois fransuz hujumchisining derbida maydonga tushishi ehtimoli juda past. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Marca xabariga ko'ra, “qaymoqranglilar”ning asosiy tarkibida yana Gonsalo Garciya paydo bo'lishi kutilmoqda. 21 yoshli ispaniyalik futbolchi La Liganing “Betis”ga qarshi o'yinida (5:1) Mbappening o'rnini munosib egallab, xet-trik qayd etgandi.
“Real” — “Atletiko” uchrashuvi 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bir kun avval esa Superkubokning ilk yarim finali bo'lib o'tadi — unda “Barselona” va “Atletik” Bilbao o'zaro bahs olib boradi. Final 11-yanvarga belgilangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!