GTA 5dagi Maykl ovozi yana svatting qurboni bo'ldi

Grand Theft Auto V o'yinida Maykl De Santa obraziga ovoz bergan amerikalik aktyor Ned Lyuk navbatdagi “svatting” — politsiyaga ataylab yolg'on xabar berish — holatiga duch keldi. Bu safar voqea u Rob Uitgof (Red Dead Redemptiondagi Jon Marston ovozi) bilan birga olib borgan jonli efir paytida yuz bergan. Politsiya tashrifi aks etgan video keyinroq YouTube’ga joylangan. Bu haqda playground.ru xabar beradi.
Lyukning aytishicha, 2023 yil dekabridan beri u kamida sakkiz marta shunday qo'ng'iroqlar sabab “nishon”ga aylangan. Takroriy chaqiruvlar tufayli aktyor mahalliy tartib posbonlari bilan allaqachon bir-birini taniydigan darajaga yetgan: ular uning uyiga qurolsiz keladi, hatto salomlashib qo'l berib ham ketishadi. Shunga qaramay, politsiya har qanday shubhali murojaatni tekshirishga majbur — vaziyat qanday bo'lishidan qat'i nazar, manzilga borishadi.
Svatting eng xavfli “hazil” turlaridan biri sifatida baholanadi, chunki u jabrlanuvchilar ham, huquq-tartibot xodimlari ham uchun og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ned Lyuk bu muammo haqida bir necha bor omma e'tiborini tortib, bunday qilmishlarni to'xtatishga chaqirgan.
Yangilik atrofida ijtimoiy tarmoqlarda kinoyali izohlar ham paydo bo'ldi: ayrimlar politsiyachilar “shunchaki fanat, avtograf uchun kelishyapti”, deya hazillashmoqda. Boshqalar esa agar holat sakkiz marta takrorlangan bo'lsa, bo'lim darajasida manzil bo'yicha qo'shimcha tekshiruv mexanizmi — masalan, avval Ned Lyukning o'ziga qo'ng'iroq qilib vaziyatni aniqlash — yo'lga qo'yilmagani nega, degan savolni o'rtaga tashlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!