Inter Bologna bilan o'yin uchun tarkibni e'lon qildi

Italiya A Seriyasining 18-turida Milanning “Inter” jamoasi “Bologna”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv arafasida ruminiyalik mutaxassis Kristian Kivu jamoaning asosiy tarkibini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Inter”ning start tarkibi: Zommer, Bissek, Akandji, Bastoni, Luis Enrike, Barella, Chalhanoglu, Zelinski, Dimarko, Markus Tyuram, Lautaro Martines.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum “Inter” chempionatni ikkinchi o‘rinda yakunlagan, “Napoli”ga atigi ikki ochko imkoniyatni boy bergan edi. Hozir milanliklar turnir jadvalida uchinchi pog‘onada bormoqda, biroq “Bologna” ustidan g‘alaba qozonsa, yana peshqadamlikni qaytarib oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing