«Inter» Milanda «Bolonya»ni sindirdi, peshqadamlikni yana qo‘lga kiritdi

Milanning «San-Siro»sida 2026 yilning ilk o‘yini “gollar menyu”si bilan ochildi: «Inter» A Seriya 18-turida «Bolonya»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Hisob 39-daqiqada Pyotr Ziyelinskining aniq zarbasidan keyin ochildi. Tanaffusdan keyin esa «neradzurri» yana “gaz”ni bosdi: 48-daqiqada Lautaro Martines farqni ikkitaga chiqardi, 74-daqiqada Markus Tyuram uchinchi golni qo‘shib qo‘ydi — maydondagi kayfiyat shu yerdayoq “OK” bo‘lib ketdi. «Bolonya» esa 83-daqiqada Santyago Kastro goli bilan faqat hisobni “bezatib” qo‘ydi, xolos.
A Seriya. 18-tur
Inter – Bolonya 3:1
Gollar: Ziyelinski 39, Martines 48, Tyuram 74 – Kastro
Inter – Zommer, Bissek, Akanji, Bastoni (Karlos Augusto, 75), Luis Enrike, Barella (Mxitaryan, 67), Ziyelinski, Chalxono‘g‘li (Sushich, 67), Dimarko, Martines (Espozito, 75), Tyuram.
Bolonya – Ravaglia, Xolm, Xeggem, Lukumi, Lukojianna, Moro, Iogiannis, Fergyuson, Rov, Odgaar, Kambiagi, Kastro.
Bu g‘alaba «Inter»ni 39 ochko bilan yana 1-o‘ringa olib chiqdi: «Milan»dan 1 ochko, «Napoli»dan 2 ochko oldinda. «Bolonya» 26 ochko bilan 7-pog‘onada qoldi. Chempionlik poygasi esa, rostini aytganda, endi qiziy boshladi — har tur “final”ga o‘xshaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!