date

Barselona va Bavariya portugaliyalik himoyachiga qiziqish bildirmoqda

Barselona va Bavariya portugaliyalik himoyachiga qiziqish bildirmoqda

“Lechche”ning markaziy himoyachisi Tyagu Gabriel Yevropaning yetakchi klublari e’tiboriga tushdi. Foot Mercato xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchining o‘yinlarini “Barselona” va “Bavariya” sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda, shuningdek, u Saudiya Arabistonining “Neom” klubi uchun ham qiziqarli nomzod hisoblanadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Italiya klubi esa yanvar oyida futbolchini qo‘yib yuborishni istamayapti va uni kamida mavsum oxirigacha tarkibda saqlab qolishga qat’iy bel bog‘lagan. “Lechche” rahbariyati faqat juda katta, rad etib bo‘lmaydigan taklif kelgan taqdirdagina fikrini o‘zgartirishi mumkin.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Tyagu Gabrielning taxminiy narxi 15 million yevroga baholanmoqda. U joriy A Seriyasi mavsumida “Lechche” safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol muallifi bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona va Bavariya portugaliyalik himoyachiga qiziqish bildirmoqda