Polshada dunyodagi eng mitti ot topildi (foto, video)

  • 10 sentyabr 2019, 13:23
  • 1 119
  • Dunyo
  • Polshada dunyodagi eng mitti ot topildi (foto, video)
    Polshada dunyoda eng mitti deya tan olingan ot topildi. Bu haqda NDTV xabar qildi.
    Uning bo‘yi yag‘rinigacha atigi 56,7 santimetrni tashkil etadi. Appaluz zotli bu otlarning bo‘yi odatda 160 santimetrgacha bo‘ladi.

    Fermerlar Patrik va Katarjina Zelenskiy toychoqni ikki oyligida 2014 yili sotib olib, unga Bombel deb nom qo‘ygandilar. Ularning aytishicha, toychoqning bo‘yi ma’lum vaqtdan so‘ng o‘sishdan to‘xtagan.

    Har oy Bombelning egalari toychoqlari bilan bolalar kasalxonasiga borib, bemor bolalarning ko‘nglini ovlaydilar.
    "Bombel bizning hayotimizni butunlay o‘zgartirdi, chunki u bizga boshqa odamlarga yordam berishimiz va bolalarni xursand qilishimizga imkon beradi", deydi Katarjina.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Polshada dunyodagi eng mitti ot topildi (foto, video)