15:53 / 11.12.2019
4 310

Sankt-Peterburgdagi terakt aybdorlari deb topilgan o‘zbeklarga hukm o‘qildi

Sankt-Peterburgdagi terakt aybdorlari deb topilgan o‘zbeklarga hukm o‘qildi
Sankt Peterburg metrosidagi teraktning asosiy ayblanuvchisi deb topilgan Abror Azimov sud tomonidan umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi.

Ikkinchi g‘arbiy okrug harbiy sudi Azimovni terrorchilar uyushmasida ishtirok etish va tanishlarini unga jalb etish, terakt uyushtirish, noqonuniy qurol aylanmasi hamda portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalarni tayyorlash, saqlash va tashishda aybdor deb topgan.

Boshqa ayblanuvchilar Akram Azimov, Ibrohim va Muhammadyusuf Ermatovlarni jinoyatlar majmuasiga ko‘ra 28 yilga, Sodiq Ortiqov 22 yilga, Shohista Karimova, Muhammad Yusuf Mirzaalimov, A’zamjon Mahmudov va Dilmurod Mo‘ydinovlar 20 yilga, Sayfulla Hakimov va Bahrom Ergashev 19 yil qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, barcha sudlanuvchilar 500 mingdan 800 ming rublgacha jarimaga tortilgan.

Ria Novosti
Ushbu ish yuzasidan 11 kishi sudga tortilgan bo‘lib, ularning barchasi ayblovlarni rad etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sankt-Peterburgdagi terakt aybdorlari deb topilgan o‘zbeklarga hukm o‘qildi