PSJ "Chelsi"ni yirik hisobda mag‘lub etdi va chorakfinalga chiqdi

Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsida Londonda “Chelsi” va “PSJ” o‘rtasidagi to‘qnashuv katta qiziqish bilan kuzatildi. Ilk daqiqalardanoq ustunlikni qo‘lga olgan parijliklar raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va ishonchli g‘alabani rasmiylashtirdi.
Uchrashuvning 6-daqiqasida Xvicha Kvaratsxeliya hisobni ochib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 14-daqiqada Barkolya farqni ikki baravarga oshirdi. Ikkinchi bo‘limda ham “PSJ” ustunlikni saqlab qoldi va 62-daqiqada Mayulu uchinchi golni kiritib, bahs taqdirini to‘liq hal qildi.
Natijada parijliklar 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishib, chorakfinalga yo‘l oldi. Bu o‘yinda “PSJ”ning hujum chizig‘idagi samaradorligi va jamoaviy o‘yini yuqori darajada namoyon bo‘ldi.
ECHL. 1/8 final.
"Chelsi" – "PSJ" 0:3 (umumiy hisob 2:8)
Gollar: Xvaratsxeliya 6, Barkolya 14, Mayulu 62
Chelsi – Sanches, Chaloba, Sarr, Hato, Kukurelya, Kaysedo, Andrey Santos, Palmer (Garnacho, 59), Enso Fernandes (Lavia, 60), Net-u, Joao Pedro (Delap, 59).
PSJ: Safonov — Xakimi, Markinos, Pacho, Mendesh (Ernandes, 66) — Zair-Emeri, Vitinya, Nevesh (Mayulyu, 46) — Barkolya (Due, 59), Dembele (Ramush, 66), Kvaratsxeliya (Li, 73)
Shu tariqa, Fransiya grandi navbatdagi bosqichga ishonch bilan yo‘l oldi va chempionlik uchun kurashni davom ettiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!