"Arsenal" "Bayer"ni ishonchli hisobda mag‘lub etib chorakfinalga chiqdi

Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsida Londonning “Arsenal” jamoasi o‘z maydonida Germaniyaning “Bayer” klubini qabul qildi. Ilk uchrashuvda qayd etilgan 1:1 hisobidan keyin bu o‘yin hal qiluvchi ahamiyat kasb etardi va “to‘pchilar” o‘z muxlislari oldida ishonchli o‘yin namoyish etdi.
Uchrashuv davomida mezbonlar ustunlikni qo‘lga oldi va 36-daqiqada Eze hisobni ochdi. Birinchi bo‘limdayoq “Arsenal” raqibga bosim o‘tkazib, o‘yinni nazorat qilishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa jamoa ustunligini yanada mustahkamladi — 63-daqiqada Deklan Rays hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
ECHL. 1/8 final.
Arsenal – Bayer 2:0 (ilk o‘yin: 1:1)
Gollar: Eze 36, Rays 63
Arsenal – Rayya, Timber, Saliba, Gabriel, Inapkiye, Rays, Subimendi, Eze (Xavers, 69), Saka, Trossar (Martinelli, 69), Gyokeresh.
Bayer – Blahich, Kuansa, Andrix, Terriyer (Tillman, 60), Tapsoba, Pok-u, Grimaldo, Garsiya, Palasios (Shik, 70), Maza, Kofane.
Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra ustunlikni qo‘lga kiritgan “Arsenal” chorakfinalga yo‘llanma oldi va Chempionlar ligasidagi yurishini davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!