Foto: «RIA Novosti»
Misrning Giza shahrida arxeologlar qadimgi Misr xudosi Ptah ibodatxonasi yaqinida fir’avn Ramzes II haykalining yuqori qismini topdi. Bu haqda Misr qadimiy yodgorliklar bo‘yicha vazirligi ma’lumotlariga asoslanib «RIA Novosti» xabar berdi.
Ramzes Ikkinchining haykali pushti granitdan ishlangan bo‘lib, u kuch, hayotiy quvvat va yashirin ruh ramzi hisoblanadi», — deydi qadimiy yodgorliklar masalalari bo‘yicha oliy kengash bosh kotibi Mustafa Vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq ham III sulola fir’avnlari haykallari topilgan, biroq ular yog‘ochdan yasalgan edi.
Topilgan haykalning balandligi 105, eni 55 santimetrni tashkil etadi. Haykalning boshi ustida ko‘tarilgan qo‘llar aks etgan, bu esa kuch va hayotiy quvvatni aks ettiradi.
Fir’avn haykali xususiy yerdan topilgan bo‘lib, yer egasi dekabr oyi boshida yashirin ravishda qazilma ishlarini olib borgani uchun turizm politsiyasi tomonidan hibsga olingan.
Qayd etilishicha, topilma restavratsiya qilish uchun ochiq osmon ostida joylashgan eng yaqin muzeyga jo‘natilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi