Honor may oyida Watch 6 Plus aqlli soatlarini sotuvga chiqaradi

"Honor" kompaniyasi may oyida o'zining yangi "Honor Watch 6 Plus" aqlli soatlarini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda taniqli insayder Digital Chat Station ma'lumot berdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Qurilma doirasimon siferblatga ega bo'ladi va quvvat olmasdan juda uzoq vaqt ishlash imkoniyati bilan ajralib turadi.
Sog'liqni nazorat qilish funksiyalari bo'yicha yangi model "Honor Watch 5 Ultra" va "Honor Watch 5 Pro" modellarining eng yaxshi jihatlarini meros qilib oladi. Xususan, soat yurakning to'satdan to'xtab qolish xavfini skanerlash va qon bosimini sutka davomida noinvaziv usulda o'lchash imkoniyatiga ega bo'ladi.
Shuningdek, maxsus algoritmlar yordamida professional sport rejimlari va jismoniy faollik ma'lumotlarini kuzatish tizimi yanada takomillashtiriladi. Avvalroq ushbu insayder "Xiaomi 15" va "Realme GT 7 Pro" kabi qurilmalarning xususiyatlarini rasmiy taqdimotdan oldin aniq e'lon qilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!