14:24 / 05.09.2017
5 774

Biznes boshqa biznes bilan hamkorlik qilib daromadini oshirishi mumkin

Biznes boshqa biznes bilan hamkorlik qilib daromadini oshirishi mumkin
O‘z biznesini boshlaganlarning hammasida ham faol marketing olib borishning imkoni yo‘q. Ammo tijorat qilishni hamma istaydi. Sizning vazifangiz xizmatingizning “oldin” va “keyin”da kim turganini aniqlashdan iborat.

Masalan, aviachipta xarid qilayotgan kishiga mehmonxona band qilishni taklif qilish mantiqan to‘g‘ri va mehmonxonaga buyurtma qoldirgan kishiga taksi xizmati yoki ekskursiyani taklif qilgan ma’qul.

Devor ko‘tarishdan avval poydevor quriladi. Ana shundan so‘ng ish tom qurishga yetib boradi. Har qanday biznesda ham shunaqa. Agar kimdir sizning auditoriyangizga sizdan avval ta’sir qilsa, sizdan keyin ham bu ishni davom ettiradiganlar topiladi. Ana o‘shalar bilan siz o‘zaro hamkorlik qilishingiz, foydali bitimlar tuzishingiz kerak.

Chunki misol uchun, sportzal egasi bilan sport ozuqalarini reklama qilish bo‘yicha kelishish mumkin.

Shunday ekan, o‘tirib yaxshi o‘ylasangiz, kim bilan hamkorlik qilish bo‘yicha samarali g‘oyalarni yarata olasiz.

Manba: Like It

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Biznes boshqa biznes bilan hamkorlik qilib daromadini oshirishi mumkin