22:32 / 16.09.2017
9 387

Munajjimlar bashorati: 17 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 17 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

17 sentyabr kuni atrofingizni faqat o‘zingiz uchun yaqin va sevimli insonlar qurshab olishi uchun kurashing. Shunda kuningiz xayrli va maroqli kechadi. Bu narsa hatto shaxsiy hayotingizda ham muhim rol o‘ynamaydi. Ikkiyuzlamachi va g‘iybatchilar bilan iloji boricha muloqotga kirishmang. Muhabbatda faqat tuyg‘ular amriga bo‘ysuning, shunda juftingiz yoki tanlaganingiz bilan orangizda qaynoq ishq olovi yanada kuchliroq alanga oladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Anchadan beri amalga oshmay, yakunini topmay sizni xit qilib kelgan ishlar nihoyat yakun topadi va yelkangizdan go‘yo tog‘ ag‘darilgandek yengil tortasiz. Kun davomida qiziqarli tanishuvlarni boshdan kechirishingiz ham ehtimoldan uzoq emas. Bu tanishuvlardan biri oila qurmaganlar uchun sevgiga aylanib ketishi ham hech gapmas. Salomatligingizni nihoyatda ehtiyot qiling. Imkon darajasida kechki payt qon bosimingizni o‘lchatib oling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

17 sentyabrda zerikish, ranjishga umuman bahona bo‘lmaydi. Sizni faqat quvonchli hodisalar qurshaydi. Yoqimli sovg‘a-salomlar, yoqimli xabarlar, eski qadrdonlar bilan tasodifiy uchrashuvlar qalbingizga bahoriy tuyg‘ularni hadya etadi. Moliyaviy ahvolingiz ham tobida, shunday ekan, qo‘rqmasdan xaridlarni amalga oshirsangiz bo‘ladi. Yangi ish topish va uy oldi-sotdisi bugun muvaffaqiyatli kechadi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Tadbirkor bo‘lsangiz, yaqin do‘stlaringizdan biri sizga ajoyib bir loyihani taqdim etishi mumkin. Agar sherikchilikda loyihani hayotga tadbiq etsangiz, sira afsus chekmaysiz. Birinchi marotaba suhbatlashayotgan odamlar bilan diplomatlarcha muloqot qiling. Oilaviy bayram yoki tadbir tashkil etish niyatingiz bo‘lsa, bu ishni keyinga qoldiring. Bugun vaqtingiz ham, pulingiz ham yetmaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

17 sentyabr kuni muloqotdan to‘xtay olmasligingiz kutiladi. Goh eski tanishlar, qadrdonlar, birodarlar, ketidan endigina tanishganlar bilan turli mavzularda suhbatingiz qiziydi. Bugun sizga serdaromad ish, turmush qurish va sayohatni taklif etishlari mumkin. Qay biri ma’qulligini o‘zingiz hal eting. Hayajonlanmang. Qalb amriga quloq tuting, u aldamaydi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Sog‘liqni mustahkamlash harakatida bo‘ling. Moliyaviy masalada bugun muammo bo‘lmaydi. Yaratganning o‘zi rizqingizni yetkazadi inshoolloh.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Bugun dam olish kuni. Sizni faqat oilaviy muammolar, yumushlar band etishi mumkin. Bunda ham xudbinlikka chek qo‘ygan holda harakatlar sodir etishingiz tavsiya etiladi. Daromad ham bugun yomon bo‘lmasligi kutilmoqda. Qarzlaringiz bo‘lsa, darhol egalariga yetkazishingiz mumkin. Bemor qarindoshlardan xabar oling, hol so‘rang, imkoniyatingiz bo‘lsa, moddiy ko‘mak bering. Kechqurun asosiy vaqtingizni sog‘liqni mustahkamlash va ayol kishi bo‘lsangiz, tashqi ko‘rinishingizni tartibga keltirish uchun sarflang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

17 sentyabrda qanday ishga qo‘l urmang, albatta muvaffaqiyatga erishasiz va bu ishlarni juda osonlik bilan ado etasiz. Faqat reallik sari intiling, illyuziyaning ortidan quvmang. Dam olish kuni bo‘lgani bois uydagi muammolarni ham to‘liq bartaraf etishga ulgurasiz. Agar sevimli insoningizni yordamga chaqirsangiz, yana yaxshi. Kechqurun sizni mehmonga taklif etishlari kutiladi. Spirtli ichimliklar iste’mol qilishdan saqlaning.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Garchi uyingizda ishlar qalashib yotgan bo‘lsa-da, yolg‘iz qolishga harakat qiling. Dam olish ham kerak-da hayotda. Uchrashuvlar va safarni bugunga rejalashtirgan bo‘lsangiz, bu rejalaringiz kutilmaganda o‘zgarib ketishi ham mumkin. Har bir qadamingizni o‘ylab bosing. Eng muhim vaziyatlarda ortga chekinmang. Kechqurungi ko‘ngilochar mashg‘ulotlarni ham boshqa kunga qoldiring. Og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar yemang. Oshqozoningizda jiddiy muammo tug‘ilishi mumkin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

17 sentyabr kuni ishlaringiz shu darajada ko‘p bo‘ladiki, bemalol o‘tirib ovqatlanishga ham vaqtingiz bo‘lmasligi mumkin. Kun davomida o‘zingiz anchadan beri intiq kutayotgan inson qo‘ng‘iroq qilish ehtimoli bor. Uchrashuv a’lo darajada o‘tadi. Zinhor emotsiyaga erk bermang, hayotga real qarashga intiling. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi mumkin. Yotishdan oldin qatiq ichib yoting, tushlaringiz shirin kechadi. Sog‘lig‘ingizga ham alohida e’tibor bilan yondashing.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Miyangizda anchadan beri aylanayotgan yangi loyihalarni yanada pishiting. Sira shoshilmang. Muhabbatda oila qurmaganlarni jiddiy ko‘ngilsizliklar kutadi. Buning oldini olsa ham bo‘ladi. Telefoningizni o‘chiring-u, tabiat qo‘ynida dam olish uchun jo‘nang. Illyuziyaga erk bermang. Ana o‘shanda tanlaganingiz bilan orangizda muammo tug‘ilmaydi. Kechqurun poklanish bilan bog‘liq mashg‘ulotlarni ado etsangiz nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

17 sentyabr kuni katta ishlar, yirik loyihalar ustida bosh qotirishni bas qiling. Undan ko‘ra chala qolgan ishlaringizni oxiriga yetkazish payida bo‘ling. Ana shular sizga daromad keltirishi mumkin. Oilaviy hayotingizda kunning ikkinchi yarmida yoqimli lahzalar yuzaga kelishi mumkin. Qondoshlar bilan muloqotda jahl otiga minmang. Aks holda bu muloqot katta janjal bilan yakun topishi hech gap emas. Salomatligingizni asrang, zararli odatlardan voz keching.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Yulduzlar sizga ertalabdanoq uy yumushlariga astoydil kirishishni, tushdan keyin uy ta’miriga kirishishni maslahat berishadi. Pul masalasi faqat sizning foydangizga hal bo‘ladi. Demak, bemalol xaridlarni amalga oshiraversangiz bo‘ladi. Kechki payt eski qadrdonlar, do‘stlar bilan uchrashib suhbat qurishingiz kutiladi. Atrofdagilar bilan muloqotda tilingizga ehtiyot bo‘ling.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 17 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?