Munajjimlar bashorati: 16 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

  • 15-11-2017, 22:33
  • 2 986
  • Hayot tarzi
  • Munajjimlar bashorati: 16 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
    QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
    Kuningiz siz o‘ylaganchalik xotirjam o‘tmasligi mumkin. Bu beixtiyor ruhiy tushkunlik girdobida qolishingizda o‘z aksini topadi. Kun davomida yangi tanishuvlar sodir eting, odamlar bilan ko‘proq muloqot qiling. Chalg‘iysiz. Shu pozitsiyangiz sizning jamiyatda tutgan o‘rningizni yanada mustahkamlaydi. Muhabbatda juftingiz yoki tanlaganingiz bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash uchun xizmat qiluvchi yangi usul o‘ylab toping. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Salomatligingizni asrang.

    BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
    16 noyabr kuni shaxsiy hayotingizda chalkashliklar ko‘zga tashlanishi kutiladi. Hoynahoy, juftingiz bilan orangizda qandaydir tushunmovchiliklar, shubha-gumonlar yuzaga kelsa kerak. Shu narsalar araz va xafagarchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Ishxonada esa vazifangizni ado etishda hamkasblar yordamiga tayanmang. Muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Hatto, eng yuqori cho‘qqini ko‘zlagan bo‘lsangiz ham yolg‘iz harakatlaning.

    EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
    Afsuski, kunning birinchi yarmida depressiya holatlari yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun atrofdagilar bilan janjallashmaslikka, kelishib yashashga harakat qiling. Moliyaviy masalada kutilmaganda yoqimli burilishlar ko‘zga tashlanadi. Yetti uxlab tushingizda ko‘rmagan bir odam kissangizni pulga to‘latib ketishi kutiladi. Kechqurun suyukli insoningiz bilan do‘kon aylanib, ajoyib xaridlarni amalga oshirsangiz yarashadi. Faqat salomatlikka ehtiyot bo‘ling.

    QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
    16 noyabrda kuningiz xotirjamlik va xursandchilikda o‘tishi kutilmoqda. To‘g‘ri, kun mobaynida kimlardir asabingizga tegishga, bajarayotgan ishlaringizni yo‘q qilishga urinib ko‘radi. Biroq o‘zlari qazigan chuqurga o‘zlari tushadi, ishoning. Bir joyda uzoq vaqt turib qolmaslik uchun faollikni oshirgan holda harakatlar sodir eting. Shaxsiy hayotda sizga diplomatiya juda kerak bo‘ladi. Busiz juftingiz yoki tanlaganingiz bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlay olmaysiz.

    ARSLON (24. 07 — 23. 08)
    Yulduzlar rejalarni amalga oshirishda zinhor shoshma-shosharlikka berilmasligingizni maslahat berishmoqda. Vaqt ranjimaydi, o‘zgarmaydi. Sizning asablaringiz pand berishi mumkin. Ijodkorlar garmoniya qurshovida ijod qilishadi. Shunday asarlar yaratishadiki, ikki barobar miqdorda gonorar olishlari turgan gap inshoolloh. Sog‘liq masalasida intuitsiya sizga katta yordam berishi kutiladi. Uning ko‘magida davolanish usullarini vrach hamrohligida o‘ylab topasiz. Moliyaviy muammolar bugun sizni ta’qib etmaydi.

    PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
    16 noyabr kuni birinchi navbatda moddiy ahvolingiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Mavqeingizni oshirish masalasida ham bir talay qulay imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Ammo tartib bilan harakat boshlang, bu kabi ishlar shoshma-shosharlikni kechirmaydi. Sergaklik va tafakkur professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda juda asqotadi. Atrofdagilar bilan qizg‘in muloqot ham sizga faqat foyda keltiradi. Kechqurun salomatligingizni yaxshilash, yaxshi bo‘lsa, mustahkamlash bilan shug‘ullaning.

    TAROZI (24. 09 — 23. 10)
    Bugun sizning kuningiz. Kayfiyatingiz a’lo holatda ko‘chaga chiqasiz. Ish joyingizda bajargan ishingiz sifatini yuqori baholashadi. Kun davomida qarindoshlar bilan orangizda yoqimsiz lahzalar, janjallar yuzaga kelish ehtimoli bor. Moliyaviy muammolar kechqurunga boribgina sizning foydangizga hal bo‘lishi mumkin. Bugun surunkali xastalik bilan og‘riganlar salomatligini jiddiy nazorat etishlari tavsiya qilinadi.

    CHAYON (24. 10 — 22. 11)
    16 noyabrda o‘tgan kunlari bajarilmay qolgan ishlarni oxiriga yetkazing, uy ta’miri yoki xonalarni tartibga keltirish bilan shug‘ullaning. Bir so‘z bilan aytganda, oilaviy yumushlarga ham bir karra jiddiyroq e’tibor qaratib qo‘ying. Kechqurun ulkan va ezgu niyatlaringizdan birini haqiqatga aylantirish yo‘lida muhim qaror qabul qilishingiz kutilmoqda. Serqatnov yo‘llarda hushyorlikni oshiring. O‘zingizni ehtiyot qiling.

    O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
    Tushga qadar shaxsiy hayotingizda tub burilish sodir bo‘lishi mumkin. Har qadamda moliyaviy muammolar sizni qiynashi, o‘yga toldirishi, asabiylashishga majbur etishi tayin. Biroq biling, bu muammolar kechga qadar albatta o‘z yechimini topadi. Qaysi masalada bo‘lmasin, yuz marta o‘ylab, undan keyingina bir qarorga keling. Salomatlik bobida ko‘ngilsiz vaziyatlarga duch kelishingiz xavfi bor. Bu yurak qon-tomir xastaligi bilan bog‘liq bo‘lishi ham ehtimolga yaqin.

    TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
    16 noyabr kuni o‘tgan oyda qiynala-qiynala uddalagan ishlaringizdan biri uchun mukofot va olqishlarga ega bo‘lishingiz kutilmoqda. Rahbarlarning maqtovlari, e’tibori faqat sizga ataladi. Ichki ovoz muhabbatda duch kelganingiz yoqimsiz vaziyatdan chiqib ketishda katta yordam beradi. O‘tmish xayollari bilan yashashdan tiyiling va bugungi kun bilan yashashga odatlaning. Bundan faqat foyda ko‘rasiz. Kechqurun oila qurishga ulgurmaganlarning ba’zilari hayotida to‘y marosimi yuz ko‘rsatadi. Baxtli bo‘ling!

    QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
    Hayotingizni har tomonlama yaxshilashingiz uchun barcha imkoniyatlar eshiklari ochiq. Sizdagi tezlik professional kasb bilan bog‘liq ishlarni muddatidan oldin bajarib qo‘yishda asqotadi. Muhabbatda ham keng, ravon yo‘llarning barchasi sizniki. Ularni his eta boshlagach, o‘zingiz ham xudoga shukr qilasiz. Kechqurun ba’zilar olis safarga otlanishlari kutiladi. Bu safar ham siz uchun juda yoqimli, muvaffaqiyatli kechadi. Sog‘lig‘ingizni kun davomida nazorat qilishdan tiyilmang.

    BALIQ (20. 02 — 20. 03)
    16 noyabr kuni nimani niyat qilgan bo‘lsangiz, niyatlaringizga xudoning o‘zi yetkazishi mumkin. Faqat birovlar maslahatiga emas, qalbingizga quloq tutgan holda ish tutsangiz. Ishda tezlikni kamaytirmang, afsusda qolishingiz mumkin. Raqobatchi va hasadgo‘ylar doimo oyog‘ingizga bolta urishga tayyorligini qayta-qayta esga oling. Baliq burjida tug‘ilganlarning aksariyati bugun bosh og‘rig‘idan azoblanishlari mumkin.

    Manba: Hordiq.uz

    » » Munajjimlar bashorati: 16 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..