16:10 / 03.11.2018
4 524

Olimlar odamning qomati uning shaxsiy sifatlariga ta’sir qilishini aniqladi

Olimlar odamning qomati uning shaxsiy sifatlariga ta’sir qilishini aniqladi
AQShning Texas universiteti olimlari odamning qomati uning shaxsiy sifatlariga va uning boshqalar tomonidan qabul qilinishiga ta’sir ko‘rsatishini aniqladi deb yozadi «Daryo» nashri.

Tadqiqotchilar jamoasi tajriba o‘tkazgan. Ular 76 nafar talabaga turli odamlarning 140 ta suratini tasvirlab berishni taklif qilgan. Suratlarda qomatlari turlicha bo‘lgan 70 nafar ayol va 70 nafar erkak bo‘lgan.

Talabalar odamni tasvirlash uchun xarakterning taklif qilingan 30 ta xususiyatidan foydalanishi mumkin bo‘lgan. Barcha taklif qilingan so‘zlar shaxsiyatning beshta mustaqil xususiyatiga mansub bo‘lgan. Bu odamning beshta nisbatan mustaqil xususiyatga ega bo‘lishini ko‘zda tutadigan psixologik model hisoblanadi. Ularning qatoriga ekstraversiya, boshqalarga yaxshilik istash, vijdonlilik, neyrotizm va tajribalarga ochiqlik kiradi.

Tajriba natijalarining ko‘rsatishicha, to‘ladan kelganlar beshta xususiyatning uyg‘unligiga erinchoqlik bilan befarqlik bilan erishadi, qomati tik bo‘lganlar esa ishonch va ishtiyoq bilan bu uyg‘unlikka erishadi. Tajriba ishtirokchilari noksimon qomatga va keng yelkaga ega bo‘lganlarni nizokash va qo‘pol deb hisoblagan. Nostandart qomat egalari uyatchan va ishonchli odamlar sifatida qabul qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar odamning qomati uning shaxsiy sifatlariga ta’sir qilishini aniqladi