17:43 / 07.12.2019
5 275

Immunitetni qanday qilib ko‘tarsa bo‘ladi?

Immunitetni qanday qilib ko‘tarsa bo‘ladi?
Immunitet — bu organizmning infeksiyalar, viruslarga qarshi turuvchi va saraton hujayralarini o‘ldiruvchi o‘ta muhim qobiliyati. Uni qanday saqlash va mustahkamlash kerak?

Ko‘p suv iching!
Suv immunitetni ko‘tarishning eng oddiy va arzon vositasi hisoblanadi. Sizdan faqat iroda talab qilinadi, xolos. Suvni har kuni yetarli miqdorda (1,5-2 l) oz-ozdan iching. Ta’mini yaxshilash uchun unga limon yoki boshqa mevalarni qo‘shish mumkin. Bundan tashqari, tongni ham bir stakan suv bilan boshlagan ma’qul — bu organizmni toksinlardan tozalash va ichki tizimlarni ishga tushirishga yordam beradi. Kun davomida suvni ovqatlanish paytida emas, alohida ichgan yaxshi, chunki suyuqlik oshqozon shirasini suyultirib, ovqatning hazm bo‘lishini qiyinlashtiradi.

Miya faoliyatini tezlashtirish
Miyaning rejalashtirish, xotira va abstrakt fikrlash uchun javob beruvchi bo‘limlari bilan organizmning himoya to‘siqlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa borligi isbotlangan. Ko‘proq kitob o‘qing, krossvordlar, rebuslar, jumboqlarni yeching.

Mushuk boqish
Mushuklar egalarining immunitetini ko‘taradi, ularni yurak xastaliklaridan himoya qiladi, asab tizimiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblanadi. Bu hayvonlarning tana harorati 38-39 daraja va agar inson shamollab qolsa, hurillagan mushuk egasining yoniga yotib, uning organizmini isitadi, jonli issiqlik esa shamollashni yengishga yordam beradi.

Optimist bo‘lish kerak
Optimizm ruhidagi insonlar o‘zlarini pessimistlarga (ruhi tushgan) ko‘ra yaxshiroq his qilishadi, uzoqroq umr ko‘rishadi. Bu farq taxminan 12 yilni tashkil qiladi. Inson tabiatini tubdan o‘zgartirolmaydi, ammo ko‘p narsalarga munosabatini o‘zgartirib, o‘zida optimistni tarbiyalashi mumkin.

Musiqa tinglash
Musiqa o‘ta tajovuzkor bo‘lmasligi kerak. Muhimi, u quloqqa yoqadigan bo‘lishi lozim. Har kuni 30 daqiqa djaz musiqasini tinglash immunitet uchun javob beruvchi immunoglobulin darajasini ko‘taradi.

Qorong‘ilikda uxlash
Faqat butkul qorong‘ilikda organizmimiz immunitetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi melatonin gormonini ishlab chiqara oladi. To‘yib uxlamaslik yoki kechasi chiroqning ta’siri melatonin ishlab chiqarilishini kamaytirib, ayollarda estrogen darajasini oshiradi, bu esa ko‘krak saratoniga olib kelishi mumkin. Tungi smenada ishlaydigan ayollarda ko‘krak saratoni xavfi 60%ga oshadi.

Sukunatdan lazzatlanish
Yoqimsiz va juda baland tovushlar organizmga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Ular tomirlarning siqilishi, adrenalin, xavotirning oshishini keltirib chiqaradi. Organizm ziqlik holatida bo‘lsa, immunitet tushadi. Shuning uchun imkon qadar ko‘proq vaqtni sukunatda — uyda yolg‘iz yoki tabiatda o‘tkazish muhim.

Kefir
Kefir tarkibida probiotiklar bo‘lib, ular bizni shamollashlar mavsumida kasal bo‘lishdan saqlaydi. Ular organizmning tabiiy immunitetini ushlab turadi. Shuningdek, kefirning oshqozon-ichak faoliyati uchun foydasi bebaho. Uxlash oldidan bir stakan kefir ichish organizmning ishlashi uchun yordam beradi va immunitetni ko‘taradi.

Ochiq havoda yurish
Olimlar o‘tkazgan tajriba natijasida ikki kun davomida har kuni 6 soatdan ochiq havoda sayr qilgan erkaklarda immunitetni mustahkamlovchi hamda saratonga chalinishga qarshi kurashuvchi tabiiy hujayralarning darajasi oshgani aniqlandi. Bu ijobiy ta’sir yana 30 kun davom etdi. Dam olish kunlarini shahardan tashqarida, bog‘da, tabiat qo‘ynida o‘tkazishga harakat qiling.

Zanjabil, aloe, sarimsoq, asal, propolis immunitetni ko‘taradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Immunitetni qanday qilib ko‘tarsa bo‘ladi?