date

APLdagi autsayder jamoani mag‘lub etolmagan Amorim nimalar dedi?

APLdagi autsayder jamoani mag‘lub etolmagan Amorim nimalar dedi?

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim APL doirasida «Vulverxempton»ga qarshi o‘yindan keyin jamoaning o‘yinini ochiq va tanqidiy baholadi. Portugaliyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, uchrashuv davomida mankunianlar kerakli darajada o‘yinni nazorat qila olmagan.

Amorimga ko‘ra, jamoada ijodiy yechimlar va aniq harakatlar yetishmadi. Uning aytishicha, maydonda salbiy ruh sezilgan, bu esa hujumda ham, umumiy o‘yinda ham o‘z aksini topgan. Bosh murabbiy uchrashuvni faol boshlash uchun ilk daqiqalardanoq uch nafar hujumchi bilan harakat qilishga uringanini, ammo bu reja kutilgan samarani bermaganini ta’kidladi.

«Biz qiynaldik, aniqlik ham, ijodkorlik ham kam bo‘ldi. Bugun shunchaki bizning kunimiz emas edi. Natijadan, albatta, ko‘nglimiz to‘lmadi, lekin o‘tmishni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Endi oldinga qarab, keyingi o‘yinlarga tayyorlanish kerak», — dedi Amorim.

Ushbu natijadan keyin «Manchester Yunayted» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 30 ochko bilan oltinchi o‘rinda qolmoqda. Jamoani oldinda yana qator muhim bahslar kutib turibdi va Amorim ularda xatolardan xulosa chiqarishga umid qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » APLdagi autsayder jamoani mag‘lub etolmagan Amorim nimalar dedi?