
MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi 2026 yil 9 oktyabr kuni Turkmaniston hududida bo‘lib o‘tadi. Sammit Kaspiy dengizi sohilida joylashgan Turkmanboshi shahrida tashkil etiladi.
Bu haqda Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Rossiya Federatsiyasi kengashi spikeri Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida ma’lum qildi. Axborot Turkmaniston milliy teleradiokompaniyasining “Vatan” dasturida e’lon qilingan.
Qayd etilishicha, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi yig‘ini Turkmanboshi shahridagi Avaza milliy turistik hududida o‘tkaziladi. Ushbu sammit mintaqaviy hamkorlik, siyosiy muloqot va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan muhim xalqaro tadbir sifatida baholanmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.