14:35 / 24.02.2020
3 924

Uyqusizlikka nima sabab bo‘ladi?

Uyqusizlikka nima sabab bo‘ladi?
Germaniyalik olim Xaydrun Shubert uyqusizlikka olib keladigan oziq-ovqat mahsulotlari haqida tadqiqot olib bordi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra pishirilmagan poliz mahsulotlari uyqusizlikka olib kelishi mumkinligi aniqlangan. Bunga esa ovqat hazm qilish tizimi faol ishlashi sabab bo‘ladi.

Shu bilan birga qalampir va zanjabil haqida ham xuddi shu fikrni bildirish mumkin. Bu mahsulotlar organizmda modda almashinuvi jarayonini faollashtiradi va tana haroratini ko‘taradi. Oqibatda uyqu buzilishi holati yuzaga keladi.

Shubertning ro‘yxatida shokolad va tarkibida kofein bo‘lgan ichimliklar ham bor. Tadqiqotchi olim uyqusizlikdan qiynaladiganlarga kechki ovqatni ertaroq iste’mol qilishni maslahat bergan. Shunda tana ovqatni hazm qilib bo‘lgandan so‘ng uyquga tayyorlanadi.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uyqusizlikka nima sabab bo‘ladi?