2 672
Germaniya O‘zbekistonga tibbiyotni rivojlantirish uchun 123,8 mln yevro mablag‘ ajratadi
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer O‘zbekistonga 2 kunlik tashrifi davomida O‘zbekiston hukumatini islohotlar yo‘lini davom ettirishga chaqirdi. Bu haqda DW nemis nashri xabar berdi.
Shtaynmayer O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralardan keyin O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi yutuqlari ortidan “katta hurmat bilan” kuzatishini ta’kidlab o‘tgan.
“Markaziy Osiyo respublikasi rahbariyati islohotlar yo‘lini qat’iy davom ettirishi kerak”, deb qo‘shimcha qilgan Germaniya prezidenti.
Shavkat Mirziyoyev, o‘z navbatida, “Islohotlar har doim ham so‘zsiz qo‘llab-quvvatlanmasligini, biroq orqaga yo‘l yo‘qligini” ta’kidlab o‘tgan.
Shu kuniyoq ikki davlat vakillari hamkorlikni kengaytirish haqidagi kelishuvni imzolashgan. Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish masalalari vazirligi keyingi 2 yil ichida bu maqsadlarda 123,8 mln yevro ajratishga va’da bergan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zaro hamkorlik O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qamrab oladi. Berlin ajratadigan mablag‘lar, jumladan, O‘zbekiston viloyatlaridagi shifoxonalarni modernizatsiyalash, tibbiy personal uchun ta’lim dasturlari, silga qarshi kurash hamda qishloq xo‘jaligini mustahkamlash uchun yo‘naltiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”