14:09 / 15.06.2017
6 383

Yakkasaroy tumanida oliy o‘quv yurtiga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar aniqlandi

Yakkasaroy tumanida oliy o‘quv yurtiga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar aniqlandi
2015 yilning 20 iyul kuni, Yakkasaroy tumani hududida, muqaddam sudlangan, Xusniddin Jumanazarovich Toxirov tanishi Xafiza Bo‘ronovaning ishonchiga kirib, uning jiyanini oliy o‘quv yurtiga kiritib qo‘yishini va’da qilib, undan 6.000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olib, shaxsiy maqsadlariga sarflab yuborgan. Bu haqda «Toshkent shahar IIBB» xabar berdi.

Shundan so‘ng, Bo‘ronova ikki yil davomida Toxirovdan pullarini qaytarib berishini talab qilganida, u turli xil bahonalar bilan aldab kelganligi sababli, Bo‘ronova aldanib qolganligini anglab etib, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yordam so‘rab ariza bilan murojaat etgan.

Bo‘ronovaning arizasiga ko‘ra 2017 yilning 09 iyun kuni, Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi «b» bandi (firibgarlik, ya’ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan xavfli residivist tomonidan sodir etish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismi har qanday o‘xshashligi tasodifiy harakterga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yakkasaroy tumanida oliy o‘quv yurtiga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar aniqlandi