12:04 / 22.06.2017
9 753

Kim Kardashyan 113 ming dollarga surrogat ona yolladi

Kim Kardashyan 113 ming dollarga surrogat ona yolladi
Avvalroq, Kim Kardashyan Beyonse egizak farzandli bo‘lgani uchun unga xasad qilayotgani, o‘zi esa sog‘lig‘i tufayli boshqa farzand dunyoga keltira olmasligi haqida xabar bergan edik. Shu tufayli u egizaklarni dunyoga keltirish uchun surrogat ona izlayotgan, ammo bunga eri Kane Uest va onasi Kris Jenner qarshilik qilayotgan edi.

Kim Kardashyan va Kane Uest oilaviy munosabatlarda qanday qiyinchliklarga sabab bo‘lmasin, yana bir farzandga ota-onalik qilishni rejalashtirishmoqda. Kardashyan ikkinchi farzandini dunyoga keltirgandan so‘ng unda jiddiy xastalik borligi aniqlangan. Shu tufayli yana bir bolani dunyoga keltirish uning salomatligiga katta xavf tug‘dirishi mumkin. Hozirda juftlik uchun farzand dunyoga keltiradigan ayol topilgan va u bilan shartnoma tuzilgan.

Kelishuv shartlariga ko‘ra, surrogat ona 113 ming dollar mablag‘ oladi. Mashhurlar shartnomani rasmiylashtirgandan so‘ng 68 ming dollarni ayolning hisobiga o‘tkazadilar, qolganini esa 10 oy davomida 4500 ming dollardan berib borishi lozim. Agar bola ikkita yoki undan ko‘p bo‘lsa, qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilishi taxmin qilinmoqda.

Shu bilan birga homiladorlik davrida ayol qator talablarga rioya etishi lozim. Alkogol, quruq baliq va go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlanadi, sochini bo‘yash mumkin emas, mushuklarga ham yaqinlashmasligi lozim. Issiq hammom va sauna ham taqiqlanadi.

Ota-onalar ham “bola har qanday anomaliya va nuqsonlar bilan dunyoga kelmasligi uchun unga nisbatan qonuniy va ota-onalik javobgarliklarini bo‘yniga oladi”.

Ma’lumot o‘rnida, Kardashyan va Uest ayni paytda 4 yoshli Nort hamda bir yarim yashar Seyntni tarbiya qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kim Kardashyan 113 ming dollarga surrogat ona yolladi