08:30 / 19.07.2018
6 754

23 mln so‘mlik tillani ichga yutgan yo‘lovchi ushlandi

23 mln so‘mlik tillani ichga yutgan yo‘lovchi ushlandi
Foto: bojxona.uz
Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari Hindistonga otlangan yo‘lovchilarni bojxona nazoratidan o‘tkazish chog‘ida qonunbuzarlik holatini fosh etishdi.

Aeroportdagi «yashil» yo‘lakdan foydalangan holda yurtimizdan chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro M.M.ning shubhali xatti-harakatlarini bojxonachilar o‘z vaqtida payqab qolishdi.

Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati bergan xabarga ko‘ra, o‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik va tibbiy muolajalar natijasida ushbu shaxs umumiy narxi 23 million so‘mlik, 100 gramm tilla quyma bo‘laklarini yutib olganligi va ularni yurtimizdan noqonuniy olib ketmoqchi bo‘lganligi oshkor bo‘ldi.

Toshkent xalqaro aeroportidagi avtoturargohda go‘yoki mehmonlarni kutib olishga chiqqan fuqaro P.A. esa zargarlik mahsulotlarini yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishning antiqa usulini o‘ylab topdi.

U Turkiyadan qaytgan yo‘lovchilardan oldindan kelishilgan tilla buyumlarini yig‘ib olib, o‘zi boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasida juftakni rostlamoqchi bo‘lganida, bojxonachilar tomonidan o‘z vaqtida to‘xtatib qolindi.

Og‘irligi 689 grammni tashkil etuvchi, qiymati 151,5 million so‘mlik zargarlik buyumlari esa qonunbuzardan ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 23 mln so‘mlik tillani ichga yutgan yo‘lovchi ushlandi