“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida abituriyentlarning o‘qishga kirish imtihonlarida mikrokalkulyatorlardan maqsadli foydalanishi haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Abituriyentlar o‘zining yoqtirgan yo‘nalishlari bo‘yicha oliygohlarga hujjat topshiradilar. O‘qishga kirish imtihonida har qanday vositalardan foydalanishning taqiqlanishi abituriyentlar oldida turgan vazifani qiyinlashtiradi. Barchamizga ma’lumki, imtihonlar matematika, kimyo, fizika, informatika kabi hisob-kitobga oid fanlarda savollarning darajasi shu qadar murakkabki, hattoki professor domlalarga ham qiyin bo‘lib seziladi. Misol uchun, o‘zingizni imtihon jarayonida deb tasavvur qilib, 22.4 ni 167 ga ko‘paytirib, chiqqan natijani 67.2 ga bo‘lishni mikrokalkulyatorsiz hisoblab ko‘ring. Savolning javobini topguncha sezilarli ko‘p vaqt ketadi. Bu oddiy bir savollardan biriga namuna xolos, deyiladi murojaatda.
Qayd etilishicha, mikrokalkulyator aloqa vositasi emas. Shu sababdan, dunyoning juda ko‘plab davlatlarida, jumladan, Rossiya, Qozog‘istonda, qolaversa, xalqaro fan olimpiadalarida mikrokalkulyatorlardan imtihonlarda va fan olimpiadalarida foydalanishga ruxsat berilgan.
“Shu sababdan, abituriyentlarning mikrokalkulyatorni davlat test sinovlariga olib kirishlariga va foydalanishiga ruxsat berilishini taklif qilamiz”, - deb yozadi murojaat muallifi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi