06:00 / 25.04.2024
248

AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi

AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi
Foto: Google Images
AQSH Ukrainaga ATACMS taktik ballistik raketalarini yashirincha yetkazib berdi. Bu haqda Reuters agentligi Vashington ma'muriyati vakiliga tayanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi haftalarda yetkazib berish yashirin tarzda amalga oshirilgan. Aytilishicha, Ukraina 17 aprel kuni erta tongda Rossiya nishoniga qarshi birinchi marta ATACMS raketasini qo‘llagan.

Raketalar 12 mart kuni AQSH prezidenti Jo Bayden tomonidan tasdiqlangan Ukrainaga 300 million dollarlik harbiy yordam paketiga kiritilgan. Agentlik suhbatdoshi Kiyevga aniq qancha raketa yuborilganiga aniqlik kiritmadi.

300 km gacha otish masofasiga ega bo‘lgan ATACMS raketasini yetkazish masalasi Bayden ma’muriyatida bir necha oy davomida muhokama qilindi, deb ta’kidlaydi Reuters. Pentagon dastlab bunday masofadagi raketalarni yuborishga qarshi chiqdi, chunki bu AQSH Qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligiga salbiy ta’sir qiladi, deb hisoblangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi