15:30 / 24.03.2019
7 084

Oʻzbekistonda 22 yoshli qizni “ochiq suratlari” bilan shantaj qilgan ikki yigit qoʻlga olindi

Oʻzbekistonda 22 yoshli qizni “ochiq suratlari” bilan shantaj qilgan ikki yigit qoʻlga olindi
Oʻzbekistonda intim-suratlar uchun pul talab qilgan yigitlar qoʻlga olindi, deb xabar berdi Toshkent IIBB matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, 22 yoshli Rashida (ismi oʻzgartirilgan) ismli qiz ichki ishlar organlariga yordam soʻrab murojaat qilgan. Qizning aytishicha, 21 yashar Muxriddin A. va uning tengdoshi, muqaddam sudlangan Anvar X., undan intim xarakterdagi suratlarini qoʻlga kiritib, soʻngra 400 ming soʻm talab qilishgan.

Aks holda, qizning suratlarini internet tarmogʻida tarqatib yuborish bilan qoʻrqitishgan.
Yigitlar pulni olayotgan vaqtda militsiya xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.

Ularga qarshi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonda 22 yoshli qizni “ochiq suratlari” bilan shantaj qilgan ikki yigit qoʻlga olindi