3 896
TIV Qozog‘iston chegarasida o‘zbekistonliklar ishtirokida yuz bergan mojaroga izoh berdi
Rossiya-Qozog‘iston chegarasida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida mojaro kelib chiqqan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Voqea joriy yilning 11 iyul kuni ro‘y bergan. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mojaro aks etgan videolar ham tarqalgan. O‘zbekiston Respublikasining Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga tayanib bo‘lib o‘tgan voqeada o‘zbekistonliklarning ishtiroki bo‘lganini tasdiqlagan.
G‘arbiy-Qozog‘iston viloyati Ichki ishlar departamenti ma’lumotiga ko‘ra, mazkur mahalliy nizo oqibatida hech kim jabrlanmagan hamda Qozog‘iston huquqni muhofaza qiluvchi organlariga hech qanday ariza kelib tushmagan.
Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-42-52) Aktau shahridagi Bosh konsulxonaga (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel.: +7-729-277-71-17) Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.: +7-727-291-11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi