Kam daromadli oilalarning energiya resurslaridan bo‘lgan qarzdorliklari xayriya yo‘li bilan to‘lab berilmoqda

  • 31 oktyabr 2019, 11:27
  • 597
  • Jamiyat
  • Kam daromadli oilalarning energiya resurslaridan bo‘lgan qarzdorliklari xayriya yo‘li bilan to‘lab berilmoqda
    O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullari bilan hamkorlikda kam ta’minlangan, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan hamda moddiy ko‘makka ehtiyojmand fuqarolarning energiya resurslaridan bo‘lgan qarzdorligini hayriya tariqasida o‘ziga to‘q, moddiy ahvoli to‘kis bo‘lgan fuqarolar hisobidan qoplash bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

    Xususan, joriy yilning 28-29-oktyabr kunlari amalga oshirilgan hayriya tadbirlari davomida 128 nafar to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan qarzdor iste’molchilarning qarzdorliklari to‘lab berildi.

    Jumladan, Majburiy ijro byurosi Shahrisabz tuman bo‘limi xodimlari hamda Yangiobod MFY faollari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Shahrisabz tumani Yangiobod MFY Yangiobod qishlog‘ida yashayotgan tadbirkor N.Yusupov “KESh STANDART SERVIS” MChJ ta’sischisi mazkur Yangiobod MFYning Yangiobod qishlog‘idan 58 ta abonentning 15 mln. 673 ming so‘mlik, “Yangiobod” MFY Saksonkapa qishlog‘idan 28 ta abonentning 11 mln. 49 ming so‘mlik, “Nurafshon” MFY Beshkapa qishlog‘idan 35 ta abonentning 4 mln. 571 ming so‘mlik jami uchta qishloqning 121 nafar kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘kotgan va nogironligi mavjud xonadonlarning 31 mln. 293 ming so‘mlik tabiiy gaz va elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorliklarini to‘lab berdi.

    Shuningdek, Shahrisabz tumani “Nurafshon” MFY Beshkapa qishlog‘ida yashovchi fuqaro M.Tog‘ayeva kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotganligi sababli mazkur qishloqda yashovchi fuqaro “O‘ktam Nur Turdiali ota” F/X rahbari N.Musurmonov tomonidan ushbu fuqaroning uyida joylashgan eski induksion elektr hisoblagichni o‘rniga yangi zamonaviy “SE 102” rusumli elektr hisoblagich olib berib, eski hisoblagichning 1 mln. 500 ming so‘mlik qarzini to‘lab berdi.


    Shu bilan birga, Qamashi tumani, “Ibn Sino” MFY.da yashovchi M.Keldiyorovning elektr energiyasidan bo‘lgan 300 ming so‘mlik, Nishon tumani, Nuriston shaharchasi, 18-uy, 48-xonadonda kam daromadli oila ro‘yxatida turuvchi yolg‘iz ona D.Yodgorovaning elektr energiyasidan bo‘lgan 150 ming so‘mlik, Muborak tumani, "Geolog" mahallasi, 3-uy, 5-xonadonda yashovchi N.Atxamovning elektr energiyasidan bo‘lgan 616 ming so‘mlik qarzi homiylik yo‘li bilan muruvvatli insonlar tomonidan to‘lab berildi.


    Bu kabi xayriya tadbirlari viloyat miqyosida jadallik bilan olib borilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Kam daromadli oilalarning energiya resurslaridan bo‘lgan qarzdorliklari xayriya yo‘li bilan to‘lab berilmoqda