20:05 / 10.11.2019
5 412

Sirg'a taqadigan erkaklar haqida...

Sirg'a taqadigan erkaklar haqida...
Jamiyatimizda ayollarning sirg‘a taqishi tabiiy holat hisoblanadi. Biroq ba’zan erkaklarning ham sirg‘a taqqaniga ko‘zimiz tushib qoladi. Bu holat bir necha yil oldin g‘alati ko‘rinsada, bugungi kunda odat tusiga kirib qolmoqda. Xo‘sh, nega erkaklar sirg‘a taqar ekan? Bu uyatlimi yoki ularga ham sirg‘a taqish mumkinmi aslida?

Aksariyatimizni tilimiz bilan aytganda, bu insonning g‘ashiga tegishi mumkin, lekin dalillarga tayanadigan bo‘lsak, erkaklarning ushbu odati tarixiy, madaniy va ijtimoiy asosga ega. Qadimgi qo‘lyozmalarda keltirilgan yozma manbalarga tayanadigan bo‘lsak, uzoq o‘tmishda ham erkaklar sport sirg‘alari taqishgani ma’lum bo‘ladi. Taxminan 5300 yil ilgari mumiyolangan eng qadimgi erkak jasadi ham quloq teshilishini tasdiqlagan. Xovard Karter Tutanxamonning qabri haqida gapirganida, fir’avnning quloqlari teshilganligini hamda qabr ichidan sirg‘alar topilganini yozadi.

Ziraklar asrlar davomida fohishabozlik, boylik, zodagonlik, qullik, jinlardan saqlanish va boshqa ko‘plab qarashlarning belgisi sifatida taqib kelingan. Bunga yana ahmoqona sabablardan biri bu- zamonaviy modifikatsiyadir. 1960 yillarning oxiri va 1970 yillarning boshlarida hippilar va gomoseksuallar sirg‘alar taqa boshlashdi. Keyinchalik mashhur insonlar: san’atkorlar va sport yulduzlari sirg‘a taqishga qiziqish bildira boshlashdi. Ayniqsa, 2016 yilda bu holat avj olgan. Bugungi kunda mutaxassislar bunga quyidagilarni sabab qilib ko‘rsatishadi:
1. Moda
2. Diniy urf-odat yoki udumlar
3. Tabaqasini belgilash
4. Ayollarni maftun qilish va ajralib turish
5. Ayrim holatlarda gemoseksualizm

Xullas, buning sabablari judayam ko‘p bo‘lishi mumkin. Fikrimizni so‘rasangiz, sirg‘a taqqan erkaklar ayollar e’tiborini tortishi mumkin, biroq ayollarimiz aksariyat hollarda bu holatga salbiy munosabatda bo‘lishadi. Har bir narasada me’yor bo‘lgani ma’qul!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirg'a taqadigan erkaklar haqida...