Kecha, 16 noyabr kuni internetda Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning muxbirlarga qilgan tahdidi audiosi tarqaldi. Audioda Ortiqxo‘jayev jurnalistlarni sharmanda qilish, hattoki jismonan yo‘q qilib yubora olishga qodirligi bilan tahdid qilgan.
Kun.uz saytining yozishicha, mazkur tahdid shahar hokimidan Olmazor tumani hokimining sobiq o‘rinbosari Abdurasul Vahobov bilan bog‘liq voqeaning ertasiga Kun.uz muxbirlari Rahmatilla Isroilov, Sherzod Egamberdiyev va Bahodir Ahmedov hokim qabulida bo‘lgan chog‘da yangragan.
O‘sha kuni Toshkent shahar hokimi A.Vahobov va muxbirlarni o‘z huzuriga chorlab, yarashtirmoqchi, o‘rtadagi tushunmovchilikni hal qilmoqchi bo‘lgan. Tomonlar murosa qila olmagach, uchrashuv tahdidli “tarbiyaviy soat”ga aylanib ketgan.
Xabarda aytilishicha, sayt tahririyat hokim bilan uchrashuv vaqtidagi audioyozuvni Vahobov va Kun.uz o‘rtasidagi nizoli vaziyat qasd olishga aylanib ketmasligi hamda shahar hokimining obro‘-e’tiboriga putur yetkazmaslik uchun ommaga oshkor qilish fikridan voz kechgan edi.
16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda shu voqeaga oid audioyozuv tarqalishiga esa Kun.uz tahririyatining aloqasi yo‘q.
Bugun, 17 noyabr kuni Bosh prokuratura tomonidan internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu audioyozuvdagi ovozning Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga mansubligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar o‘rganilayotgani haqida xabar berildi.
Ma’lumot uchun, Jahongir Ortiqxo‘jayevning so‘zlari yozib olingan to‘liq formatdagi audioyozuvlar Kun.uz tahririyatida mavjud bo‘lib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi