2 507
Sudyaga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qanday holatda qo‘llanishi aniq belgilanmoqda
O‘zbekistonda sudyaga hamda sudyalik faoliyati bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha sobiq sudyaga nisbatan, ular tomonidan o‘ta og‘ir yoki oqibati inson o‘limi bilan bog‘liq qasddan jinoyat sodir etilgan holatdagina, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash tartibi joriy etiladi.
Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida aytilishicha, bu borada 2020 yil iyun oyigacha tegishli qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Ijro uchun mas’ullar - Sudyalar oliy kengashi (Mingboyev), Oliy sud (Komilov).
Shuningdek, sud ishlarini hal etishga aralashish, jumladan ishning har tomonlama, to‘la va xolisona o‘rganilishiga to‘sqinlik qilish, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga turli shaklda ta’sir o‘tkazish holatlari bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida sud ishlarini hal etishga aralashish holatlarini profilaktika qilish yuzasidan tizimli ravishda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar va boshqa ta’sirchan choralar ko‘rib boriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?