Foto: Facebook/«Mehr va Oqibat»
O‘zbekistonda qulog‘i kesilgan mushuklar paydo bo‘ldi. «Mehr va Oqibat» hayvonlarni himoya qilish jamiyatining xabar berishicha, shartli uy egasi bo‘lgan, sterilizatsiya qilingan, barcha emlashlardan o‘tkazilgan va hatto pasportga ega mushuklarga shunday belgi beriladi.
Qayd etilishicha, uysiz mushuklar sterilizatsiya qilish uchun olib kelinganda ular bu amaliyotdan o‘tgani aniqlangan. Hatto bir necha marta sterilizatsiyadan o‘tkazilgan mushuklar ham olib kelingani holatlari ham uchragan.
Shu sababli rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rgangan holda O‘zbekistonda Cat Cut loyihasi boshlangan bo‘lib, unda uysiz mushuklar uchun o‘ng qulog‘ining bir qismi kesib tashlanmoqda. Sterilizatsiya qilingan mushuklar shunday tarzda belgilanadi.
Foto: Facebook/«Mehr va Oqibat»
Ushbu loyiha amalga oshirilishidan oldin klipsalarning (1000 dona) sinov partiyasi sotib olinib, ularni mushuklarning quloqlariga mahkamlashga urinib ko‘rilgan. Ammo bu urinish muvaffaqiyatsiz bo‘lgan. Mushuklarning quloqlari bitishi qiyin bo‘lgan va ular alohida parvarish talab qilgan. Shu sababli bu g‘oyadan voz kechilib, yangi yechim izlangan.
Xorijiy davlat tajribasini o‘rganganda quloq uchlari Avstraliya, Buyuk Britaniya, Italiya, Isroil, Turkiya, Koreya, Yangi Zelandiya, Daniya, AQSH va Fransiyada ham kesilishi ma’lum bo‘lgan.
Foto: Facebook/«Mehr va Oqibat»
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda Cat Cut deb nom olgan ushbu loyiha 15 yanvarda boshlangan bo‘lib, tajriba amaliyoti muvafaqiyatli o‘tgan, quloq ham 2 kunda bitgan. Shundan so‘ng bu amaliyot davom ettirilgan. Bugungi kunda 10 ta uysiz mushuk quloqlarining bir uchi kesilgan.
«Endi bizning maqsadimiz hokimliklarimizga o‘ng qulog‘ining uchi kesilgan hayvonlar sterilizatsiya qilingan, emlangan va shartli egalari borligini yetkazishdir. Bu ushlash xizmati vakillari ularga tegmasligi uchun va shahar aholisi bunday mushuklar quturishga qarshi emlanganini va hatto pasporti borligini bilishi uchun kerak», — deyiladi «Mehr va Oqibat» jamiyati xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi