date

AQSh Mojtaba Xomanaiy haqida ma’lumot berganga 10 mln dollar mukofot e’lon qildi

AQSh Mojtaba Xomanaiy haqida ma’lumot berganga 10 mln dollar mukofot e’lon qildi

AQSh Davlat departamenti Eronning yangi oliy rahbari Mojtaba Xomanaiy hamda mamlakatning yana bir qator yuqori lavozimli amaldorlari haqida ma’lumot bergan shaxsga 10 million dollar miqdorida mukofot va’da qilganini ma’lum qildi.

Rasmiy bayonotga ko‘ra, e’lon qilingan ro‘yxatda jami 10 nafar shaxs mavjud bo‘lib, ulardan oltitasining ismi ochiq tarzda tilga olingan. Qidiruvdagi shaxslar orasida Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Lorijoniy ham bor. U yaqinda Tehron markazida o‘tkazilgan mitingda ko‘ringani qayd etilgan.

AQSh Davlat departamentining ta’kidlashicha, mazkur shaxslar Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) ning turli bo‘linmalariga rahbarlik qiladi. Vashington bu tuzilmani xalqaro terrorchilik faoliyati bilan bog‘liq harakatlarni rejalashtirish va amalga oshirishda ayblab keladi.

Ma’lumotlar AQShning Rewards for Justice dasturi doirasida qabul qilinadi. Ushbu dastur qidiruvdagi shaxslarni qo‘lga olish yoki ularni javobgarlikka tortishga yordam beradigan muhim ma’lumotlar uchun pul mukofoti berishni nazarda tutadi.

Davlat departamenti bayonotida qayd etilishicha, berilgan ma’lumotlar nafaqat mukofot puli, balki zarurat tug‘ilganda relokatsiya qilish imkoniyatini ham taqdim etishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Mojtaba Xomanaiy haqida ma’lumot berganga 10 mln dollar mukofot e’lon qildi