Davlat raqamini o‘zgartirib qochmoqchi bo‘lgan mashina egasi fosh bo‘ldi

1 daqiqa o'qish184
Davlat raqamini o‘zgartirib qochmoqchi bo‘lgan mashina egasi fosh bo‘ldi

Majburiy ijro byurosining Beshariq tumani bo‘limi ish yurituvida “BR” MChJdan Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 6 milliard so‘m undirish bilan bog‘liq ijro hujjati mavjud.

Ijro harakatlari davomida qarzdor korxona balansida bo‘lgan “Nexia-3” rusumli avtomobil (davlat raqami 40 129*) qidiruvga berilgan edi. Mazkur transport vositasi qarzdorlikni undirish jarayonida muhim mol-mulk sifatida ko‘rilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida mazkur avtomobil egasi tomonidan hiyla ishlatilgani ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, avtomobilning davlat raqami noqonuniy tarzda *40 732 ga almashtirilgan va transport vositasi shu raqam bilan yo‘llarda harakatlanib yurgan.

Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan olib borilgan tekshiruvlar davomida ushbu avtomobil to‘xtatilib, belgilangan tartibda jarima maydoniga joylashtirildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘rilmoqda. Ijro jarayonlari esa davom ettirilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?