Mavjud bo‘lmagan “Cobalt”ni 15 kishiga sotgan yigit ushlandi

1 daqiqa o'qish349
Mavjud bo‘lmagan “Cobalt”ni 15 kishiga sotgan yigit ushlandi

Surxondaryo viloyatida mavjud bo‘lmagan “Cobalt” avtomobilini sotish bahonasida bir necha fuqarolarni aldab, pul o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi 27 yoshli yigit Telegram messenjerida soxta profil ochib, turli guruh va kanallarda “Cobalt” avtomobili sotilishi haqida e’lonlar joylashtirgan. U xaridorlarni jalb qilish maqsadida mashina narxini bozor bahosidan ancha arzon qilib ko‘rsatgan.

Gumonlanuvchi xaridorlar bilan yozishmalar davomida ularga avtomobilga yangi shinalar qo‘yish kerakligini aytib, oldindan pul o‘tkazishni so‘ragan. Fuqarolar pul yuborgach esa, u yozishmalarni o‘chirib tashlab, aloqani uzgan.

Tergov harakatlari davomida ushbu shaxs Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida yashovchi uch nafar fuqaroga jami 8 million so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazgani aniqlangan. Umumiy hisobda esa u 15 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularning pul mablag‘larini o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sud qarori bilan unga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?