Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi Tramp ma’muriyati uchun kutilmagan zarba bo‘ldi

Pentagon va AQSh Milliy xavfsizlik kengashi Eron bilan bog‘liq harbiy amaliyotni rejalashtirishda Tehronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopish ehtimoli hamda buning iqtisodiy oqibatlarini yetarlicha baholamagan. Donald Tramp ma’muriyati bu ehtimolni ikkinchi darajali masala deb ko‘rgan va Eron bunday qadamga tayyor emas, deb hisoblagan. Ayrim amerikalik amaldorlar yuzaga kelgan vaziyatni AQSh uchun “eng yomon ssenariy” deb baholamoqda.
CNN telekanali xabariga ko‘ra, Pentagon hamda AQSh Milliy xavfsizlik kengashi Eron bilan bog‘liq harbiy amaliyotni rejalashtirish jarayonida Tehronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopish ehtimolini yetarli darajada baholamagan.
Telekanalga ma’lumot bergan bir nechta manbalarga ko‘ra, Donald Tramp ma’muriyati harbiy harakatlar boshlanishi mumkin bo‘lgan vaziyatda iqtisodiy oqibatlarni ham to‘liq hisoblab chiqmagan. Shu sabab ayrim amerikalik amaldorlar yuzaga kelgan holatni AQSh uchun “eng yomon ssenariy” deb baholamoqda.
Manbalarning ta’kidlashicha, harbiy operatsiyaning turli bosqichlarini ishlab chiqish jarayonida Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopishi ehtimoli bo‘yicha muhokamalar ikkinchi darajali masala sifatida ko‘rilgan.
Vashingtondagi rasmiy doiralarda esa Tehron bunday qadam tashlashga tayyor emas, degan fikr ustun bo‘lgan. AQSh tomonining hisoblashicha, bo‘g‘ozni yopish Eronning o‘z iqtisodiyotiga ham jiddiy zarar yetkazishi mumkin edi.
Biroq vaziyat rivoji shuni ko‘rsatmoqdaki, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi atrofidagi har qanday keskin qaror nafaqat mintaqa, balki global energiya bozori va xalqaro savdoga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.































Izohlar 0
…