Nok dunyoning barcha mamlakatlarida o‘sadi. Sharq tabobatida uning juda ko‘p shifobaxsh xususiyatlari haqida bayon etilgan. Nok tetiklashtiradi, charchoq va zo‘riqishni yo‘qotadi, asablarni tinchlantirib, xush kayfiyat bag‘ishlaydi. Bu esa bemorlar uchun eng zarur bo‘lgan dori-darmondir.
Ana shu ko‘tarinki ruh sog‘ayishga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytiradi, inson tanasining dardlar bilan kurashishiga yordam beradi. Shuningdek, nok yurak tez urganda me’yorlashtirish hamda yurak mushaklari to‘qimalarini mustahkamlash xususiyatiga ega. Nokning pishirilgani esa tanani tozalab, kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Bu mevadan tayyorlangan sharbatlar, barglaridan tayyorlangan damlama harorat ko‘tarilganda va chanqoqni bosishda juda qo‘l keladi. Ayniqsa, xotira susayishida tez-tez iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Yangi uzib olingan, qaynatilgan noklar o‘pka xastaliklarini davolaydi.
Unutmaslik kerakki, nokni och qoringa yeyish mumkin emas. Iloji bo‘lsa, boshqa ovqatlardan alohida yegan ma’-qul. Nokning hali yetilmagan xom mevasini, hatto, qand kasali bilan og‘rigan bemorlar ham bemalol yeyishlari mumkin ekan. Undan tayyorlangan sharbat va damlamalarga shakar aralashtirmasdan ichgan foydaliroqdir. Ayniqsa,ozishni istaganlar nokni istagancha iste’mol qilishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?