22:52 / 10.09.2017
8 488

Homiladaor ayollar yog‘li baliq yeng, bolangiz sog‘lom bo‘ladi!

Homiladaor ayollar yog‘li baliq yeng, bolangiz sog‘lom bo‘ladi!
Miya faoliyatini o‘rganuvchi «RIKEN» instituti olimlarining navbatdagi tadqiqotlari homilador ayol organizmida «Omega-6» yog‘ kislotasi kam bo‘lgan taqdirda bola tug‘ilgach, shizofreniyaga uchrash xavfi kuchayishini ko‘rsatib berdi. Shizofreniya bu xotira sustligi va depressiyaga moyillik deganidir.

Bu yog‘ kislotasi esa asosan mayonezda, pista (kungaboqar mag‘izi) da, yog‘li baliqda ko‘pchilikni tashkil etadi. «Omega-6» yog‘ kislotasining homilador ayol organizmida kamayib ketishi depressiya va xotira sustligidan tashqari, yana miya bilan bog‘liq bir qator xastaliklarni ham keltirib chiqarishi hech gap emas. Bunday holatda dunyoga kelgan bolalar keyinchalik murakkab masalalarni yechishda juda qiynalishadi. Aynan shu ham ona organizmida yog‘ kislotasiga to‘ymaslik oqibatidir.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Homiladaor ayollar yog‘li baliq yeng, bolangiz sog‘lom bo‘ladi!