Madridning «Real» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgach, dastlabki fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
«To‘rtinchi «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritish men uchun katta sharaf. Xuddi birinchi marta yutib olayotgandek hissiyotlarni boshimdan o‘tkazmoqdaman, orzuim yana amalga oshdi.
Hech qachon bu sovrinni to‘rt marta qo‘lga kiritaman deb tasavvur qilmaganman. Klubdagi va terma jamoadagi sheriklarimga minnatdorchilik bildirishni istayman. Judayam mamnunman va baxtiyorman.
Bu jamoaviy va shaxsiy sovrinlar tomonidan olib qaralganda, aniq faoliyatimdagi eng muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Menga Portugaliya terma jamoasi safida qandaydir sovrinni yutish etishmayotgandi. Albatta «Real» bilan EChLdagi g‘alabamiz ham unutilmas bo‘ldi.
Bu sovrinni qo‘lga kiritish men uchun juda muhim. Uni qo‘lga olganimdan keyin «Krish, sen bekorga butun yil davomida ishlamading, o‘zingni qurbon qilib faqat futbol haqida o‘ylading» deb o‘zimga o‘zim gapirib qo‘ydim. Bu sovrinni qo‘lga kiritganimdan xursandchilik hissiyotlarini boshimdan o‘tkazmoqdaman. Sababi bu menga yanada ko‘proq kuch beradi. Bundan baxtiyorman.
Birinchi navbatda «Real» bilan g‘alaba qozonishga harakat qilaman, chunki bu meni klubim. Shuningdek Portugaliya terma jamoasi bilan muvaffaqiyat qozonishni istayman, ammo bu juda qiyin. «Oltin to‘p»ni yutib olish oson emas va men bu sovrindan xursandman.
Menga ishongan, menga qayg‘urgan, shunday yuqori saviyani saqlab qolishimga yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Har doim yuqori saviyadagi o‘yin namoyish etib kelayotgan futbolchilar barmoq bilan sanarli. Shunday saviyadagi futbolchi ekanimdan va qayd etgan natijamdan faxrlanaman» - deya gapirib o‘tgan Ronaldu. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi
Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi
Qon tomirlari uchun xavfli bo‘lgan 3 mahsulot
PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol!
Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi