O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2018 saralashi doirasida 31 avgust kuni Xitoy terma jamoasiga qarshi o‘tkazadigan safar o‘yini «Sport» telekanalida jonli efirda namoyish etiladigan bo‘ldi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali sayti xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, efir vaqtiga o‘zgartirish kiritilgan.
«Biroz avval saytimizda jahon chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan futbol bo‘yicha Xitoy va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv jonli efirda namoyish etilishi so‘roq ostida turgani haqida xabar bergan edik.
Hozirgina olingan xabarlarga ko‘ra, «Sport» teleradiokanali o‘z dasturlariga o‘zgartirish kiritdi va mazkur uchrashuv soat 16:45 dan boshlab efirga uzatiladi», deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 12 ochko jamg‘argan holda A guruhida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Navbatdagi ikki o‘yindagi g‘alaba jamoamizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mundialga olib chiqadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Afg‘oniston shimolidagi Bag‘lon viloyatida suv toshqinlari oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”