Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen Xalqaro shaxmat federatsiyasining (FIDE) tvitterdagi sahifasidagi ovoz berishda ishtirok etgan muxlislar talqiniga ko‘ra tarixdagi eng buyuk shaxmatchi deb tan olindi. Amaldagi chempion uchun 36 foiz ovoz berilgan.
Karlsen shaxmat tojini 2013 yildan beri o‘zida ushlab kelmoqda. U, shuningdek, uchta toifa – klassik shaxmat, rapid va blitsda mutlaq chempion bo‘lgan ilk shaxmatchi bo‘lgan. Bundan tashqari, norvegiyalik FIDE reytingiga yetakchilik qilgan eng yosh shaxmatchi hisoblanadi. O‘shanda u 19 yosh bir oylik bo‘lgan.
2-o‘rinni rossiyalik grossmeyster Gari Kasparov (28 foiz ovoz), 3-o‘rinni amerikalik Bobbi Fisher (25 foiz ovoz) egallagan.
11 foiz respondentlar “boshqa shaxmatchi” varianti uchun ovoz berishgan. Ovoz berishga qo‘yilmagan shaxmatchilar orasida Vishvanatan Anand eng ko‘p esga olingan. So‘rovnomada 500 dan ko‘proq odam ishtirok etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Afg‘oniston shimolidagi Bag‘lon viloyatida suv toshqinlari oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”